Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi tashkil etilgan Urologiya kafedrasi xodimlari tomonidan bugungi kunda kam sonli bajarilayotgan murakkab urologik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.
Mustaqil peshob qila olmaslik va qovuq usti sohasidagi ogʻriq bilan murojaat qilgan 53 yoshli bemor tekshirilib, Uretra bilbos qismi strikturasi tashxisi qoʻyilgan. Bemorga Xoltsov usulida uretra - uretraanostomozi amaliyoti bajarildi.
Bemorning operatsiyadan keyingi umumiy ahvoli qoniqarli.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Urologiya kafedrasi xodimlari tomonidan bajarilgan mazkur jarrohlik amaliyoti viloyat miqyosida bu kabi kam sonli operatsiyalarni yanada keng yoʻlga qoʻyilishiga xizmat qiladi.
SamDTU Matbuot xizmati