Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Ozarbayjonning Naxchivan davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘plab yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda.

  Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Yeditepe universitetida oʻtkazilayotgan  “Turkiy davlatlar tibbiyot kongressi” doirasida Ozarbayjonning Naxchivan davlat universiteti rektori, professor Elbrus İsayev bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida so‘z yuritildi. Yakunda Naxchivan davlat universiteti hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan memorandum imzolandi.

  Ma’lumot o‘rnida: Ozarbayjon Respublikasining yetakchi universitetlaridan biri hisoblangan Naxchivan davlat universiteti 1967-yilda Ozarbayjon Davlat Pedagogika institutining Naxchivan filiali sifatida tashkil etilgan. Hozirda universitetda 10 ta fakultet(tarix va filologiya, xalqaro aloqalar va huquq, Iqtisodiyot va Menejment, chet tillari, Fizika-matematika, arxitektura va muhandislik, tabiiy Fanlar va qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, Pedagogika, san’at fakulteti) va 50 ga yaqin kafedra faoliyat yuritadi.

  Oliygoh bugungi kunda mamlakat miqyosida yetakchi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oldingi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Universitetning tibbiyot fakulteti negizida faoliyat yurituvchi universitet shifoxonasida jarrohlik, laboratoriya, stomatologiya, ginekologik va ko‘z kasalliklarining yuqori texnologiyali diagnostikasi va davolash amaliyotlari bajarib kelinmoqda.


SamDTU Matbuot xizmati