Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan Ishtixon tumanida yuqori texnologik neyrojarrohlik amaliyoti o‘tkazildi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PQ-188-sonli qaroridagi belgilangan ustuvor vazifalardan biri bu yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni uzoq tumanlardagi aholiga yaqinlashtirish hisoblanadi. Ushbu vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida SamDTU huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan Samarqand viloyati Ishtixon Tumani tibbiyot birlashmasida murakkab neyroxirurgik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

  1998-yilda tug‘ilgan Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro, B.Sh. Ishtixon TTB ga bel sohasidagi doimiy kuchli og‘riq va og‘riqning chap oyog‘iga uzatilishi, og‘riq tufayli mustaqil yura olmasligi, uxlay olmasligi shikoyatlari bilan murojaat qilgan.

  Shifoxonada o‘tkazilgan klinik-nevrologik va qo‘shimcha tekshirish xulosalariga ko‘ra, neyroxirurglar tomonidan “VL4-5, VL5-VS1 aro disk churralari”  tashxisi qo‘yilib, kasallikni jarrohlik yo‘li bilan davolash tavsiya etildi.

  SamDTU huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan “VL4-5, VL5-VS1 aro disk churralarining tubusli retraktor yordamida chapdan interlaminar mikroskopik usulda olish”  amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi (Operatorlar – PhD, dotsent M.A. Aliyev, M.S. Tilavqulov, H.Z. Ahmatov). Operatsiyadan keying bemorning umumiy ahvoli qoniqarli.

  Operatsiyada Ishtixon TTB reanimatsiya va xirurgiya bo‘limlari vrach-ordinatorlari qatnashib, ushbu o‘tkazilgan murakkab neyroxirurgik operatsiya davomida bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.


SamDTU matbuot xizmati