Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida 1-sonli jarrohlik kasalliklari va Transplantologiya kafedrasi tomonidan Respublikada birinchi marta Rendezvouz usuli bilan bir vaqtning o‘zida Laparoskopik xoletsistektomiya (LXE) papillosfinkterotomiya (EPST) gibrid operatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.
Mazkur gibrid operatsiyaning afzalligi ikki bosqichli davolanishga nisbatan (Endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya (ERPXG) EPST bilan, so‘ngra LXE) qo‘llaniladi va kuzatiladigan asoratlarning pastligi hamda, operatsiyadan keyingi pankreatit rivojlanish xavfi kamligi, ayniqsa yuqori muvaffaqiyatga ega bo‘lib, bemorning kasalxonada qolish vaqtini nisbatan qisqarishiga erishiladi.
Hozirda bir vaqtning o‘zida gibrid amaliyot o‘tkazish uchun laparoendoskopik yondashuv xonasi ko‘pgina statsionar shifoxonalarda yo‘qligi hamda operatsion xonada videolaparoskopik jarrohlik, videoendoskopik manipulyatsiya va rentgenografiya uchun uskunalar kompleksi yo‘qligi sababli cheklangan.
Yevropa Gastrointestinal Endoskopiya Jamiyati (ESGE) Butunjahon Favqulodda Jarrohlik Jamiyati (WSES) Yevropa Jigarni O‘rganish Assotsiatsiyasi (EASL) kabi assotsiatsiyalarning fikricha Rendezvous texnikasi bilan bir vaqtning o‘zida xolesistektomiya va EPST amaliyoti hamda, o‘t yo‘llaridan toshlarni olib tashlash, jarrohlik tajribasi, an’anaviy ikki bosqichli davolanishga munosib alternativ hisoblanadi.
SamDTU matbuot xizmati