O‘zbek va turk xalqining qardoshlik aloqalari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda ham ikki davlat rahbarlarining o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda yangi bosqichga ko‘tarish borasida ko‘plab samarali ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu ishlarga monand o‘laroq Samarqand davlat tibbiyot universiteti ham Turkiyaning bir qancha ta’lim va tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Joriy yilning 14-may sanasida Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori, professor Ali Cengiz Köseoğlu boshchiligiodagi delegatsiya Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi.
Uchrashuv davomida ikki muassasa o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, akademik almashinuvni tashkil etish, shuningdek, tibbiy huquq sohasida hamkorlikda magistratura ta’limini yo‘lga qo‘yish hamda yo‘l xaritasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Yakunda hamkorlik memorandumi imzolandi.
SamDTU matbuot xizmati