×
Menu
Close Menu

II Oʻzbekiston - Turkiya taʼlim forumi boʻlib oʻtdi

  Joriy yilning 13-14-noyabr kunlari Samarqand shahrida O’zbekiston va Turkiya mamlakatlari taʼlim tizimidagi oʻzaro hamkorlik hamda texnologik ijtimoiy manfaatlar va ilmiy hamkorlikning barqaror masalalariga qaratilgan forum bo’lib o’tdi. Forumda Turkiya va Oʻzbekistonning bir qator yetakchi oliygohlari rahbarlari bilan birgalikda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori ham ishtirok etdi.

  Forum yalpi majlisdan so’ng sho’balarga bo’lingan holda davom ettirildi. SamDTU rektori Jasur Rizayev “Sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va biotexnologiyalar sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish” sho’basida ma’ruza qilib, sohaga doir bir qator masalalar yuzasidan o’z fikrlarini bayon etdi.

  II Turkiya - Oʻzbekiston taʼlim forumi doirasida 70 ga yaqin hujjat umzolandi. Shu jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti ham Turkiyaning eng qadimgi oliygohlaridan hisoblangan EGE universiteti hamda SIIRT universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Kelgusida tomonlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga kelishildi.


SamDTU matbuot xizmati