×
Menu
Close Menu

​Qoʻshma taʼlim fakulteti talabalari uchun imtihonlar boʻlib oʻtdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti bir qator xorijiy taʼlim muassasalari bilan birgalikda qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, Universitet qoʻshma taʼlim dasturlari asosida 10 dan ortiq tibbiyot yoʻnalishdagi chet el OTM bilan 15 yoʻnalish boʻyicha shartnomalar imzolagan. Xususan, bakalavr yoʻnalishi boʻyicha Stomatologiya ( Oltoy tibbiyot universiteti bilan ), Kosmetologiya ( Polsha Respublikasi Pomarsk universiteti bilan ) , bioenjeneriya va bioinformatika( Rossiya Federatsiyasi Boltiq federal universiteti bilan) hamda Klinik ordinaturada( Belarusiya Respublikasi Vitebsk davlat tibbiyot universiteti bilan) yoʻnalishlarida qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul eʼlon qilinib, arizalar qabul qilingan edi.

  Joriy yilning 4- va 10-noyabr kunlari ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻqish istagida boʻlgan talabalar uchun imtihon jarayonlari boʻlib oʻtdi. Imtihonlar bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda, kuzatuv kameralari va kuzatuvchilar nazorati ostida shaffof, adolatli tarzda tashkil etildi. Maʼlumot oʻrnida, Stomatologiya qoʻshma taʼlim dasturida taʼlim olish uchun 42 nafar, kosmetologiyada 6 nafar, bioenjeneriya va bioinformatikada 4 ta va klinik ordinaturada 15 nafar talabalar sinovlarda ishtirok etdi.


SamDTU matbuot xizmati