×
Menu
Close Menu

​Polshaning Poldent kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

  Joriy yilning 9-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Polshaning Poldent kompaniyasi vitse prezidenti Dr.Małgorzata Nowak Niedzwiedska boshchiligidagi mehmonlar tashrif buyurdi. Mehmonlarni SamDTU rektori Jasur Rizayev kutib oldi.

  Tashrifdan maqsad oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va bu orqali nafaqat ikki muassasa, balki, O’zbekiston va Polsha aloqalarini yangi bosqichga ko’tarishdan iborat boʻlib, uchrashuv yakunida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Xususan, kelgusida Stomatologiya, umumiy tibbiyot hamda yuz-jagʻ xirurgiyasi boʻyicha hamkorlik va bakalavriyat, magistratura bosqichlarida qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish, malaka oshirish kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.

  Shuningdek, kelishuvda ikki muassasa oʻrtasida hammualliflikda maqola va ilmiy materiallar chop etish, ilmiy anjumanlar hamda yozgi maktablar tashkil etish va boshqa bir qator masalalarda hamkorlik qilish koʻzda tutilgan.

  Ma’lumot o’rnida aytish mumkinki Poldent kompaniyasi 1988-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan stomatologiya uchun eng yuqori sifatli asboblarni loyihalash, ishlab chiqarish va etkazib berish bilan shug’ullanadigan yirik kompaniya hisoblanadi. Poldent kompaniyasi tomonidan har yili polshalik va xorijlik o'qituvchilar bilan hamkorlikda butun dunyodan kelgan shifokorlar uchun yuzdan ortiq kurslar tashkil qilinadi.

  Uchrashuv soʻnggida SamDTU rektori Jasur Rizayev mehmonlarga esdalik sovgʻalarini topshirdi.

SamDTU matbuot xizmati