Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUda Stomatologiya masalalariga qaratilgan vebinar boʻlib oʻtdi

  Joriy yilning 3-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Stomatologiya sohasidagi zamonaviy yutuqlar, yangi imkoniyatlar hamda innovatsion usullar masalalariga bagʻishlangan online vebinar tashkil etildi. Vebinarda SamDTU stomatologiya fakulteti dekani A.Axmedov, Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti professor-oʻqituvchilari Andrey Okulovich, Rustam Yaleshevlar hamda talabalar ishtirok etdi.

  Vebinarni stomatologiya fakulteti dekani A.Axmedov hamda Andrey Okulovichlar kirish soʻzlari bilan ochib berdi. Asosiy qismda esa Rustam YaleshevZamonaviy stomatologiyada minimal invaziv, toʻgʻridan toʻgʻri kompozitsion restavratsiyalarmavzusida maʼruza qilib, yigʻilganlarga stomatologiyaning dolzarb mavzulari hisoblangan minimal invaziv restorativ usullar, Zamonaviy materiallar va texnologiyalarni joriy etish sohaga murakkab holatlar uchun yechim taqdim etgani va boshqa bir qator masallar yuzasidan maʼlumotlar berib oʻtdi.

  Shuningdek, maʼruza soʻnggida talabalar bilan muloqot ham tashkil etilib, ularning savollariga atroflicha javoblar berildi.


SamDTU matbuot xizmati