Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi Boshqird davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida universitet vakillari BDTU rektori, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Valentin Nikolaevich Pavlov bilan uchrashdi. Uchrashuvda SamDTU hamda Boshqird davlat tibbiyot universiteti hamkorligida qoʻshma ilmiy loyihalar va BDTU negizida SamDTU talabalari uchun amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish imkoniyatlarini muhokama qilindi.
BDTUga tashrifi doirasida Farmakologiya kafedrasi mudiri Soatboy Yuldashev va Farmakognoziya va farmatsevtika texnologiyasi kafedrasi assistenti Esan Boymurodovlar SamDTU farmatsiya fakulteti talabalari bilan bir qator tajriba-sinov ishlarini olib bordilar. Akademik mobillik doirasida SamDTU oʻqituvchilari farmakologiya, farmakognoziya, jarrohlik, pediatriya, chet va rus tillari boʻyicha maʼruzalar oʻqib, seminar va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazdilar.
Shuningdek, SamDTU delegatsiyasi BDTUning oʻquv laboratoriyalari hamda taʼlim jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Janubiy Ural botanika bogʻi-instituti va Limonarium oʻquv-tajriba xoʻjaligiga tashrif buyurilib, ekzotik, foydali va dorivor oʻsimliklar, botanika bogʻi hududida yetishtiriladigan sitrus mevalar kolleksiyasi va limonariya bilan tanishdilar.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasining Boshqird davlat tibbiyot universitetiga tashrifi ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga zamin yaratadi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Manba:bashgmu.ru
SamDTU matbuot xizmati