×
Menu
Close Menu

SamDTU xalqaro taʼlim fakulteti dekani talabalar bilan uchrashdi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida respublikamiz bilan birga xorijiy davlatlardan ham talabalar tahsil olib keladi. Bugungi kunda universitetda taʼlim olayotgan xorijlik talabalar soni 2000 nafardan oshadi. Talabalarga xalqaro taʼlim fakulteti tomonidan jahon standartlariga mos tarzda ta'lim berib kelinmoqda.

  Joriy yilning 19-oktyabr kuni SamDTU xalqaro taʼlim fakulteti dekani S. Ergashev fakultet talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda fakultet dekanati xodimlari, universitet profilaktika inspektori O.Eshmurodov, rektor maslahatchisi A. Aripov hamda xalqaro taʼlim fakulteti talabalari ishtirok etdi. Uchrashuvdan maqsad xorijlik talabalarning yashash sharoiti, ulardagi muammo va kamchiliklar, takliflarni oʻrganish, ularni yangi turmush sharoiti va universitet bilan tanishtirishdan iborat boʻlib, tahsil bilan bog'liq bir qancha masalalar yuzasidan suhbat oʻtkazildi.

  Jumladan, universitet rahbariyati, yangi oʻquv yilining tashkil etilish tartibi, universitetdagi odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, talabalarning turmush tarziga koʻmaklashish maqsadida jamiyatimizdagi bir qator huquq normalari va qoidalari bilan ham talabalarga tanishtirib oʻtildi.


SamDTU matbuot xizmati