×
Menu
Close Menu

SamDTU rektori Sileziya tibbiyot universiteti yangi oʻquv yili ochilishida faxriy professor sifatida qatnashdi

  Joriy yilning 9-oktyabrida Sileziya tibbiyot universitetida yangi oʻquv yilining 75- yubiley ochilishi boʻlib oʻtdi. Marosimda, Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda ham ishtirok etdi.

  Shuningdek, ochilishida universitet senati aʼzolari hamda professor-o'qituvchilar qatori Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev ham faxriy professor sifatida ishtirok etdi. Ochilishida soʻzga chiqqan Jasur Rizayev barcha yig'ilganlarni yangi boshlangan o'quv yili bilan samimiy tabriklab, do'stlik ramzi sifatida milliyligimiz aks etgan esdalik sovg'asini Sileziya tibbiyot universitetiga topshirdi.

  Prezident talabalarni oliy o‘quv yurtini tanlagani bilan tabriklab, “Tibbiyot barcha fanlar ichida eng oliyjanobi”, deb ta’kidladi.

  SamDTU rektori, professor Jasur Rizayevning katta ochilishdgi ishtiroki Polsha tibbiyot oliygohlari hamda SamDTU oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga koʻtarishda muhim ahamiyatga egadir.



SamDTU matbuot xizmati