Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi davlat ilmiy-tibbiyot kutubxonasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad Samarqand davlat tibbiyot universiteti kutubxonasi bazasida “Zamonaviy sharoitda tibbiyot kutubxonalari ishini tashkil etish” o‘quv seminarini o‘tkazishdan iborat edi. Shuningdek, tashrif doirasida SamDTU oʻquv zallari, kompyuter xonalari hamda axborot resurs markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Universitet axborot resurs markazi boʻlimlarining dizayni, kitobxon foydalanuvchilarga yaratilgan qulayliklar va XVIII-XIX asrga tegishli nodir qoʻlyozmalar mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.
Endilikda SamDTU axborot resurs markazi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat kutubxonasining elektron ma’lumotlar bazasidan erkin foydalanish hamda https://t.me/uzmedlibuz ”, “GNMB SciNews”, “https://natmedlib.uz” maʼlumotlar bazalariga kirish imkoniyatiga ega boʻldi. Bu esa universitetda ARM faoliyatini samarali tashkil etish va talabalarga yanada keng imkoniyatlar yaratilishiga asos boʻladi.
SamDTU matbuot xizmati