Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Rossiyaning yetakchi universiteti bilan hamkorlik yanada kuchaytiriladi

  4-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Rossiyaning I.I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-Gʻarbiy davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Sayganov Sergey Anatolyevich va oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Artyushkin Sergey Anatolyevich tashrif buyurdi.

  Tashrif davomida 2024-2025 oʻquv yilidan ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida 50 dan ortiq tibbiyot yoʻnalishlarida qoʻshma taʼlim dasturi asosida  klinik ordinatorlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish hamda talabalar va professor-oʻqituvchilar bilan akademik mobillik dasturini kuchaytirish va bu orqali tibbiy taʼlim darajasini jahonning yetakchi oliygohlariga tenglashtirish masalalari kelishib olindi.

  Maʼlumot oʻrnida shuni aytish joizki I.I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-Gʻarbiy davlat tibbiyot universiteti yetakchi tibbiyot oliygohlaridan hisoblanib u 1885 yilyilda taʼsis etilgan va ushbu taʼlim jarayonini tashkil etish va xorijiy davlatlar tibbiyot oliygohlari bilan hamkorlikda xalqaro loyihalarni amalga oshirish borasida dunyoning nufuzli reytinglaridan joy olib kelmoqda. Xususan universitet bugungi kungacha jahonning 70 dan ortiq davlatlaridagi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda.

  I.I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-Gʻarbiy davlat tibbiyot universiteti hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari ham yuqori natijalarni qayd etib, oliygohimiz talabalari uchun jahon miqyosiga chiqishga zamin yaratadi.





SamDTU matbuot xizmati