Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU professor-oʻqituvchilari uchun bayram tadbiri oʻtkazildi

  3-oktyabr kuni Samarqand viloyati musiqali drama teatrida Samarqand davlat tibbiyot universitetida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar uchun bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda SamDTU rahbariyati hamda barcha professor oʻqituvchilar ishtirok etdi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev soʻzga chiqib, barcha fidoiy ustozlarni bayram bilan tabrikladi hamda ilm yoʻlida qilayotgan mehnatlarini yuksak baholab, ularga kuch-quvvat va sogʻlik omonlik tiladi. Shuningdek, barakali mehnat qilib kelgan barcha professor-oʻqituvchilar hamda pedagog xodimlar faxriy yorliq, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

  Bayram dasturi doirasida tomoshabinlarga yozuvchi va shoir, Farmon Toshev qalamiga mansubYalangtoʻsh bahodirasari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi. Bu yigʻilganlarga yanada koʻtarinki kayfiyat ulashdi.



SamDTU matbuot xizmati