Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Odam savdosiga qarshi kurashish va majburiy mehnatga jalb etish” mavzusida tadbir oʻtkazildi

  Joriy yilning 29-sentyabrida Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash fakulteti talabalari bilanOdam savdosiga qarshi kurashish va majburiy mehnatga jalb etishmavzusida tashviqot-targʻibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etdi.

  Tadbir davomida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor xodimi katta leytenant Raxmatova Fotima Furqatovna, tezkor xodim leytenant Qoʻchqorov Firdavs va rektor maslahatchisi Elyorbek Aripovlar soʻzga chiqib, talabalarga Terrorizm, diniy ekstrimizm, odam savdosi hamda uning salbiy oqibatlari haqida maʼlumotlar berib oʻtdilar. Shuningdek, yoshlarning turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolib, odam savdosi qurboniga aylanib qolishlari sabablari haqida ham fikrlar aytildi va yoshlarni har tomonlama sergak boʻlishga chaqirildi.

  Yigʻilishda talabalarga mavzuga oid videorolik ham namoyish etildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.


SamDTU matbuot xizmati