Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU Italiyaning Padua universiteti bilan hamkorlik oʻrnatdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti  Xalqaro taʼlim fakulteti dekani S.E.Mamaradjabov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Italiyaning eng qadimiy oliygohi hisoblangan Padua universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad, ikki taʼlim muassasasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishdan iborat boʻldi. Delegatsiya Padua universiteti xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori, tibbiyot fakulteti yurak, qon tomirlari, transplantologiya va sogʻliqni saqlash kafedrasi mudiri, professor Federiko Rea, tibbiyot ishlari boʻyicha prorektor,  sport tibbiyoti kafedrasi mudiri va kardiologiya professori Korrado, professor Kristina Basso, professor Zorzi, professor Sergey Bondarev bilan uchrashdi.

  Muzokaralar davomida  talabalar va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida akademik mobillikni yoʻlga qoʻyish, doktorantlar almashinuvi hamda Padua universitetida faoliyat yurituvchi “Galileo Galiley” va “Erasmus” dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari borasida bir qator kelishuvlarga erishildi va hamkorlik memorandumi imzolandi.

  Maʼlumot oʻrnida aytish joizki Padua universitetining tarixi 1222-yilga borib taqaladi, oliygoh nafaqat Italiya balki Yevropaning ham eng qadimiy oliygohlaridan biri hisoblanadi. Universitet 2022-yilda oʻzining 800 yillik yubileyini nishonlagan va Time High Education reytingining 1000 taligidan joy olgan.


SamDTU matbuot xizmati