Maʼlumki Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi har yili World University Rankings reyting natijalarini eʼlon qilib keladi. Bu yil ham Times Higher Education agentligi oʻzining “World University Rankings–2024” reyting natijalarini eʼlon qildi (https://www.timeshighereducati...).
Natijalarga koʻra bu yil respublikamizning 48 ta OTMlari qatorida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ham oʻzining “Reporter” maqomini yanada mustahkamladi. SamDTU oʻtgan yili ham ushbu nufuzli reytingdan joy olgan boʻlib, bu yili yuqoriroq oʻringa munosib deb topildi.
Maʼlumot oʻrnida shuni aytish joizki, mazkur reytingda universitetlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yoʻnalishdagi samaradorlik koʻrsatkichlari, shu jumladan oʻqitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, sanoat va xalqaro istiqbollar baholanadi. Joriy yilda mazkur reytingda 108 ta davlatni 1904 ta oliygohlari kiritilgan boʻlib, ulardan 769 tasi “reporter”, yaʼni daʼvogar universitetlar maqomiga ega boʻldi.
SamDTU matbuot xizmati