Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan "1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan sohada faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha vakillari “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining ham quyidagi xodimlari:
- Universiteti xodimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Allayarov Yaxshinоr Norbobayevich,
- Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Elmurodov G‘ayratjon Abdumurodovich,
- 1-son xirurgik kasalliklar kafedrasi mudiri Kurbaniyazov Zafarjon,
- Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Maxmudova Aziza Nugmanovna,
- DKTF terapiya, kardiologiya va funksional diagnostika kafedrasi mudiri Agababyan Irina Rubenovnalar
"Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoniga sazovor bo'ldilar.
Xodimlarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz ularni va kelgusi faoliyatlariga omadlar tilab qolamiz!