×
Menu
Close Menu

​Universitetda “Xon atlas” milliy liboslar festivali boʻlib oʻtdi

  28-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida milliy liboslarimizni ommalashtirish, milliy kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadidaXon atlasliboslar festivali tashkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, xotin-qizlar, “QizlarjonvaLider qizlarklubi faollari hamda universitetda tahsil olayotgan hind, afgʻon, turk, rus, koreys, qoraqalpoq talaba qizlari ham milliy urf-odatlarimiz va anʼanalarimiz aks etgan liboslar bilan ishtirok etdilar.

  Festivalda soʻz olganlar oʻzbek xalqining milliy urf-odatlari, kiyinish madaniyati, milliy adras va atlas matolari nihoyatda yuksak tarixga ega ekanligi hamda qadriyatga aylanib ulgurgani, bu liboslarni bugungi kunimizga ham keng targʻib lozimligi haqida taʼkidlab oʻtdilar.

  Shuningdek, festival doirasida xotin qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilanQadriyatlar qadrlangan yurtshiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir hamda ijodiy ishlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

  Tadbir davomida yangragan milliy kuy-qoʻshiqlar tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.







SamDTU matbuot xizmati