×
Menu
Close Menu

​SamDTUda “Talabаlar ligasi” sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi

  Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi hamda sportni targʻib qilish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetida doimiy ravishda sport musobaqalari tashkil etilib kelinadi.

  25-26-sentyabr kunlari Besh tashabbus olimpiadasi tadbirlari doirasida universitetdaTalabalar ligasisport oʻyinlari oʻtkazildi.

  SamDTU qoshidagi akademik litseyida 1-son davolash fakulteti talabalari sportning mini-futbol turi boʻyicha jamoalarga boʻlingan holda musobaqalarga kirishdilar. Dastlab fakultet kesimida oʻtkazilgan bellashuvlarda jami sakkizta jamoa ishtirok etdi. Bahslar kutilganidek qiziqarli tarzda kechib, yakunda gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

  Jumladan, 1-bosqich talabalariYoshlarjamoasi III oʻrinni, II oʻrin 2-bosqich talabalaridan iboratSherdorjamoasiga nasib etdi, 3-bosqich talabalariningSamarqandjamoasi esa faxrli I oʻringa munosib deb topildi.

  Gʻolib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.


SamDTU matbuot xizmati