×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi anesteziolog va reanimatologlar VI syezdi” Xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi

  2023-yil 22-sentaber kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetidaOʻzbekiston Respublikasi anesteziolog va reanimatologlariningVI syezdi oʻz ishini boshladi. Xalqaro anjuman ishida respublikamiz va Fransiya, Germaniya, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Xitoy, Ukraina, Isroil, Qirgʻiziston, boshqa mamlakatlarning tibbiyot oliy oʻquv yurtlari va tibbiyot markazlarining anesteziologiya va reanimatologiya sohasidagi taniqli olimlari va amaliyotchi-mutaxassislari ishtirok etdilar. Taklif etilgan maʼruzachilar orasida taniqli mutaxassislar, shu jumladan t.f.d., professor Aleksey Ovezov (Moskva, Rossiya), bosh vrach Liu Yatao (Xitoy), t.f.d., prof. Y.Y.Kobelyatskiy (Ukraina), t.f.d., prof. N.P.Shen (Rossiya), t.f.d. I.A.Savin (Rossiya), anesteziolog-reanimatolog Alain Mare Paul Gerard (Fransiya), Zinaida Rabin (Isroil) va boshqalar ishtirok etdilar.

  Xalqaro konferensiyaning tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Munira Qosimova, Moskva viloyati ilmiy-izlanish klinik instituti shifokorlar malakasini oshirish fakulteti anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor Aleksey Ovezov va boshqalar zamonaviy anesteziologiya va reanimatsiyaning dolzarb masalalarini sogʻliqni saqlash uchun uchun muhimligini, shuningdek, universitetlar oʻrtasidagi xalqaro hamkorlik keng yoʻlga qoʻyilishi kerakligini taʼkidladilar. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ilm-fan va taʼlim boshqarmasi boshligʻi
professor Oʻktam Ismailov oʻz qutlov soʻzidaOʻtgan davr mobaynida, ayniqsa, COVID19 pandemiyasi davrida jahon miqyosida anesteziolog va reanimatologiya sohasidagi kamchiliklar va mutaxassislar yetishmasligi yaqqol koʻzga tashlandi. Biroq yurtimizdagi malakali anesteziolog va reanimatologlarning fidokorona mehnati natijasida oʻz sonli mutaxassislar bilan koʻplab bemorlarning hayotini saqlab qolishga muvaffaq boʻlindi. Bugungi kunda anesteziolog va reanimatologiya sohasida keng miqyosdagi oʻzgarishlar va rivojlanishlar kuzatilmoqda. Ayni kunlarda Samarqand davlat tibbiyot universitetida tashkil etilayotgan sʼzed ham buning yaqqol dalili boʻla oladideb taʼkidladi.

  Anjuman yalpi majlisida anesteziologiya, reanimatsiya va intensiv terapiyada yuqori texnologiyali yoʻnalishdagi yutuqlar va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tez tibbiy yordam kafedrasi va maktablarining toʻplagan tajribasi borasidagi maʼruzalar tinglandi. Xalqaro forumning asosiy qismi shoʻbalarda olib borilib, ularda transplantologiya, kardioxirurgiya, neyroxirurgiya oftalmoxirurgiya, akusherlik va ginekologiyada anesteziologiya va reanimatologiyani ahamiyatiga doir dolzarb masalalarga bagʻishlangan maʼruzalar tinglandi. Xorijlik mutaxassislar va yosh tadqiqotchilarning chiqishlari ishtirokchilarning alohida diqqat-eʼtiborini tortdi.

  Xalqaro anjumanda turli mamlakatlar va respublikamiz olimlarini taqdim qilingan ilmiy va amaliy ishlanmalari mamlakatimiz sogʻliqni saqlash amaliyotidagi dolzarb muammolarni yanada tez va sifatli hal etishga xizmat qiladi hamda respublikada anesteziologiya va reanimatsiya xizmatini yanada rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshadi.



SamDTU matbuot xizmati