×
Menu
Close Menu

​SamDTU birinchi kurs talabalari uchun rossiyalik mutaxassis tomonidan mahorat darsi o’tkazildi

  2023-yil 18-sentabr kuni Oltoy davlat tibbiyot universiteti (RF) “Rus tili chet tili sifatida” kafedrasi dotsenti Nailya Abieva tomonidan akademik mobillik doirasida “Tibbiyot talabalari bilan rus tili darslarida videokontentdan foydalanish” mavzusida Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-kurs talabalari uchun mahorat darsini o‘tkazdi.

  Mashg’ulot davomida talabalar nutq texnikasini rivojlantirish bo'yicha mashqlarni bajardilar. Undan tashqari darsda rus fonetikasi va orfoepiyasining murakkab holatlari, unli va undoshlarning talaffuz me'yorlariga alohida e'tibor berildi, lingvistik o'yinlar o'tkazildi. Shuningdek, talabalar buyuk adib, shifokor, jahon adabiyoti klassigi Anton Chexovning ijodiy tarjimai holi, asosiy asarlari mazmuni bilan tanishdilar.

  Talabalar darsda faol ishtirok etdilar hamda dars mavzusi bo‘yicha berilgan barcha savollarga javob oldilar.



SamDTU matbuot xizmati