×
Menu
Close Menu

Oltoy davlat tibbiyot universiteti bilan qo‘shma ta’lim orqali mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti hozirgi vaqtda xorijiy tibbiyot ta'lim muassasalari bilan hamkorlik va do'stlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda. 

  6-8-sentabr kunlari SamDTUga Oltoy davlat tibbiyot universiteti rektori Irina Sheremetyeva va xalqaro aloqalar va raqamli transformatsiya bo'yicha prorektori Aleksey Rezinkin tarkibidagi delegatsiya tashrifi amalga oshirildi. 

  Xorijiy hamkasblarimiz universitetning yangi o'quv binosi, o'quv va labaratoriya xonalari hamda axborot-resurs markazi bilan yaqindan tanishib chiqib, ta'lim tizimini tashkil etilishi va yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirib o‘tdilar.

  Tashrif davomida Oltoy davlat tibbiyot universiteti va Samarqand davlat tibbiyot universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma ta'lim dasturini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shu jumladan, stomatologiya yoʻnalishi boʻyicha hamkorlikda 3+2 shaklida qoʻshma ta'lim dasturini amalga oshirishga kelishildi. 

  Mazkur qoʻshma taʼlim yo‘nalishi boʻyicha qabul shu yilning oktyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.












SamDTU matbuot xizmati