Joriy yilning 4-sentabridan barcha taʼlim muassasalarida yangi 2023-2024-oʻquv yili boshlandi. Shu jumladan Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham yangi oʻquv yili boshlandi. Erta tongdan SamDTU yangi oʻquv binosida tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda universitet rahbariyati, maʼmuriyati hamda talabalar ishtirok etdilar. Tadbirda talabalar yangi oʻquv yili bilan tabriklanib, ularning kelgusi oʻqishlarida omadlar tilandi.
Shuningdek, 1-bosqich talabalari universitetning oʻquv va laboratoriya xonalari hamda ularda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Birinchi bosqich talabalari universitet tarixi muzeyiga ham tashrif buyurib, oliygohning tashkil topishi, rivojlanishi hamda uning qisqacha tarixi haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Dastlabki darslar “Mustaqillik darsi” sifatida tashkil etilib, erk va mustaqilligimiz yoʻlida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi yod etildi. Shuningdek, mustaqillikning ulugʻ neʼmat ekanligi, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar aynan mustaqilligimiz sharofati ekani taʼkidlandi.
SamDTU mabuot xizmati