Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU yosh tadqiqotchilari Education University of Hong Kongda ilmiy izlanishlar olib borishadi

  2023-yil 28 avgust kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Education University of Hong Kong Ijtimoiy tadqiqotlar kafedrasi professori Sing Kai Lo boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi. Janob Sing Kai Lo mazkur universitet vitse-prezidenti xalqaro hamkorlik boʻyicha yordamchisi, Analytics\Assessment tadqiqot markazi direktori hamda Maxsus taʼlim ehtiyojlari va inklyuziv taʼlim markazi direktori lavozimlarida ham faoliyat olib boradi.

  Mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashib muzokaralar olib bordilar. Mazkur uchrashuvda SamDTU Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Zafar Aminov ham ishtirok etdi.

  Muzokoralarda SamDTUning ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan 6 nafar yosh oʻqituvchilari sentabr oyida Education University of Hong Kongga borib oʻzlarining tadqiqotlarini olib borishlariga kelishildi.

  Shuningdek, universitet professor-oʻqtuvchilari uchun professor Sing Kai LoTadqiqot va nashr etish koʻnikmalarini rivojlantirishmavzusida maʼruza qildi. Unda ilmiy maqolani nufuzli jurnallarda chop qilish va Hirsh Indexsini oshirish masalalari keng yoritildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga maʼruzachi tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.




SamDTU matbuot xizmati