Joriy yilning 17-avgust kuni Ozarbayjon sogʻliqni saqlash vaziri Temur Musayev Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Samarqand davlat universiteti rektori Jasur Rizayev kutib oldi.
Tashrif davomida mehmonlar SamDTUning yangi binosi hamda unda yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv va laboratoriya xonalari, ularning jihozlanishi va dars mashgʻulotlarining tashkil etilish tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mehmonlar universitet tarixi muzeyiga ham tashrif buyurib, Samarqand davlat tibbiyot universiteti tarixi haqida ham maʼlumot olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Shuningdek, SamDTU hamda Ozarbayjon tibbiyot oliygohlari bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Tashrif soʻnggida SamDTU rektori Jasur Rizayev mehmonlarga universitet ramzi tushirilgan esdalik sovgʻalarini topshirdi.
SamDTU Matbuot xizmati