×
Menu
Close Menu

​SamDTU neyroxirurglari Medipol Universiteti (Turkiya) klinikalarida malaka oshirdilar

  2023-yil 6-11- avgust kunlari SamDTU huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy markazi va neyroxirurgiya kafedrasi mudiri PhD, dotsent M.A. Aliyev rahbarligida bir guruh xodimlari stereotaksik va funksional xirurgiyani yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish maqsadida Turkiyaning Istanbul shahridagi Medipol Universiteti Medipol Mega va Medipol PARMER gospitallaridaParkinson kasalligi va harakat buzilishlari xirurgiyasimavzusidagi kursda malaka oshirdilar.

  Jumladan, Medipol Parmer klinikasi rahbari, stereotaksik xirurgiya boʻyicha jahonga tanilgan yetakchi mutaxassis, professor Ali Zirhning Parkinson kasalligi, harakat buzilishlari kuzatilgan bemorlarda oʻtkazgan yuqori innovatsion texnologiyali operatsiyalarida, Medipol Mega xospitali neyroxirurgiya departamenti mudiri, professor Nejat Akalan va uning jamoasi tomonidan bosh miya va orqa miyada oʻtkazilgan yuqori texnologiyali murakkab operatsiyalarida qatnashdilar.

  Dastur doirasida neyroxirurgiya kafedrasi mudiri PhD, dotsent M.A. Aliyev, kafedra assistenti D.M. Ravshanovlar Medipol Universitetidagi talabalarning oʻquv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, universitet kutubxonasi bilan tanishib, oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etdilar.

  Malaka oshirish yakuni boʻyicha Medipol UniversitetiniParkinson kasalligi va harakat buzilishlariamaliyotini SamDTU huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy markazida joriy qilish hamda bu borada mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha kelishuvga erishildi.







SamDTU matbuot xizmati