Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​NAGAI tibbiyot klinikasi (Yaponiya) bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish hamda jahon taʼlim makonini faol ishtirokchisi boʻlish maqsadida koʻplab xorijiy taʼlim muassasalari va klinikalari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. 

  12-avgust kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Yaponiyaning NAGAI tibbiyot klinikasi delegatsiyasini amaliy tashrifi amalga oshirildi. NAGAI klinikasi rahbari Nagai Koji, klinika prezidentlari Shimaoka Erina va Kishimoto Yumihiko hamda hamshira Nagai Kaorulardan iborat delegatsiyani SamDTU Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Zafar Aminov va Xalqaro taʼlim fakulteti dekani Sobirjon Mamaradjabovlar kutib oldilar. Uchrashuvda ikki tashkilot haqidagi maʼlumotlar almashilinib, oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, NAGAI klinikasi bilan hamkorlikda oliy hamshiralik ishi yoʻnalishida kadrlarni tayyorlashni yolga qoʻyish hamda boshqa istiqbolli rejalarni amalga oshirish boʻyicha kelishib olindi.

  Tashrif davomida mehmonlar universitetning yangi oʻquv binosidagi shart sharoitlar bilan tanishib, universitet tarixini oʻzida jam etgan muzeyga tashrif buyurdilar. Shuningdek, NAGAI delegatsiyasi tashkil etilgan Simulyatsion markazda boʻlib, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, texnik uskunalar va simulyatsion jihozlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.

  Tashrif soʻngida mehmonlarga Universitet ramzi tushirilgan esdalik sovgʻalari topshirildi.


SamDTU matbuot xizmati