7 avgust kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Marat Ospanov nomidagi Gʻarbiy Qozogʻiston tibbiyot universiteti rektori, professor Asset Kaliyev va rektor maslahatchisi Talgat Nurgojinlar tashrif buyurdi.
Delegatsiyani SamDTU rektori professor Jasur Rizayev, xalqaro hamkorliklar boʻyicha prorektor Zafar Aminovlar kutib olishdi.
Uchrashuvda qo‘shni mamlakat tibbiyot oliygohlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari, shu jumladan Marat Ospanov nomidagi Gʻarbiy Qozogʻiston tibbiyot universiteti va Samarqand davlat tibbiyot universitetlari oʻrtasida tibbiyot sohasidagi yangiliklar, ilmiy va tibbiy innovatsiyalar, shuningdek, taʼlim xalqaro tajribalar bazasini shakllantirish, zamon talabiga mos mutaxassislar tayyorlashda hamkorlik qilish hamda ikki oliygoh oʻrtasida akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish doirasida ishlarni jadallashtirish kelishuviga erishildi.
Uchrashuv soʻngida mehmonlarga universitet ramzi tushirilgan esdalik sovgʻalar tuhfa qilindi.
SamDTU matbuot xizmati