Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Tibbiyot oliygohlari talabalarining “Xalqaro yozgi maktabi”ga start berildi

  Joriy yilning 7-avgust sanasida Samarqand davlat tibbiyot universitetida tibbiyot oliygohlari talabalarining “Xalqaro yozgi maktab” o‘z ishini boshladi. 

  Xalqaro yozgi maktabda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston hamda Rossiya kabi davlatdan 16 ta tibbiyot oliygohlaridan, shu juiladan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Toshkent farmatevtika instituti, TTA Urganch filiali, TTA Termez filiali, Buxoro tibbiyot instituti, EMU universiteti, AKFA universiteti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti, “Sechenov univernsiteti”, YUKMA universiteti, S.D.Asfandiyorov nomidagi Qozogʻiston milliy tibbiyot universiteti, Tojikiston davlat tibbiyot universitetilaridan 50 ga yaqin talaba-yoshlar ishtiroq etmoqda. 

  Ilk bora tashkil etilayotgan Xalqaro yozgi maktabni tantanali ochilishida SamDTU rektori Jasur Rizayev, Marat Ospanov nomidagi G‘arbiy Qozog‘iston tibbiyot universiteti rektori, professor Asset Kaliyev, rektor maslahatchisi Talgat Nurgojin, Mara texnologiya universiteti Stomatoligya fakulteti yuz-jag jarroxligi klinikasi bosh vrachi, professor Mazlee Azmeel ishtirokchilarini qutlab, omadlar tiladilar va maktabning talabalar salohiyatiga va ta’lim muassasalari o’rtasidagi o’zaro hamkorlikka o’zining ijobiy samarasini berishini, oʻzaro fikr, tajriba almashinishlari hamda bilim va koʻnikmalarini yanada oshirishlari uchun oʻziga xos maydon vazifasini oʻtab berishini hamda ta’kilab o’tdilar. 

  Maktab doirasida Samarqand tarixiy obidalari boʻylab sayohat, yetuk professorlar tomonidan darslar hamda master klasslar, Sport oʻyinlari va intellektual oʻyinlar (zakovat, breyn ring) oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

  Tibbiyot ta’lim muassasalarining Xalqaro yozgi maktabi 7-avgustdan 12-avgustgacha davom etiladi.




SamDTU matbuot xizmati