×
Menu
Close Menu

​SamDTUni Pomorsk universiteti (Polsha) bilan hamkorligi rivojlanmoqda

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Slupskdagi (Polsha) Pomorsk universiteti (Akademiyasi) oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangan. Mazkur memorandum boʻyicha hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilish maqsadida SamDTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Shuhrat Ziyadullaev boshchiligida delegatsiya Pomorsk universitetiga tashrif buyurdi.

  Tashrif davomida Slupskdagi Pomorsk Akademiyasi rektori Zbigniew Osadowskiy boshchiligida talabalar boʻyicha prorektor, professor Danuty Gierczy, rivojlanish va hamkorlik boʻyicha prorektor professori Mark Lukasik uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazildi. Natijada oliygohlar oʻrtasida oʻquv, ilmiy, akademik mobillik hamda tadqiqot ishlarini yangi bosqichda rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar yuzasidan kelishuvga erishildi.

  Shuningdek, SamDTU delegatsiyasi Pomorsk Akademiyasining texnik bazalari, shu jumladan yosh olimlar uchun maxsus tadqiqot va simulatsion kabinetlari bilan yaqindan tanishdilar.



SamDTU matbuot xizmati