Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Garvard universiteti bioetika bo’yicha professorlari SamDTUda tashrifi

    Oxirgi yillarda Samarqand davlat tibbiyot universiteti AQShdagi universitetlar, ilmiy markazlari va klinikalari bilan xalqaro hamkorligi kengaymoqda. Xususan, Pitsburg universiteti, Nyu-York universiteti, Olbani universiteti, Vebster universiteti, Sent-Luis universitetlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

    Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Garvard universiteti vakillaridan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi: doktor Kerim Munir – Garvard universiteti Boston bolalar kasalxonasining bo‘limi boshlig‘i, doktor Daniel Vikler – Garvard universitetining Chan jamoat salomatligi maktabining Global salomatlik va populyatsiya kafedrasini axloq va jamoat salomatligi professori.

    Garvard universiteti - Amerikaning eng mashhur va jahonni eng yetakchi uchta universitetdan biri.

    Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolarining SamDTU rektori prof. Jasur Rizaev bilan uchrashuvi o’tkazildi. Muzokaralar davomida respublikada bioetikani fan va amaliy fan sifatida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakuni bo‘yicha SamDTU va Garvard universiteti o‘rtasida bioetika sohasida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.


SamDTU matbuot xizmati