Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Siyob jamoat salomatligi texnikumida “Homiladorlikda dori vositalarining nojoʻya taʼsiri” oʻquv seminari tashkil qilindi

  16 iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiFarmakologiya kafedrasi mudiri S.J.Yuldashev tashabbusi bilan Samarqand shahar Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumidaHomiladorlikda dori vositalarining nojoʻya taʼsirimavzusidagi oʻquv seminari oʻtkazildi. Seminarda SamDTU farmakologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari, jamoat salomatligi texnikumi oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

  Oʻquv seminarni Siyob jamoat salomatligi texnikumi direktori Orif Ibragimov ochib berib hozirgi kundagi texnikumdagi oʻqish jarayoni sifatini oshirish va oliy taʼlim muassasasi bilan oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash haqida soʻzladi. Shundan soʻng, SamDTU farmakologiya kafedrasi mudiri Soatbay Yuldashev soʻzga chiqib, hozirgi kundagi taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar, yurtimizda tibbiyot sohasining rivojlanish bosqichlari, ona va bola salomatligiga eʼtibor, hozirgi kundagi farm sanoat, ona va bola sogʻligʻida muhim oʻrin tutuvchi dori vositalarining nojoʻya taʼsiri haqida oʻz fikrlarini bayon etdi.

  Seminarda texnikumni farmakologiya fani oʻqituvchisi Sh.Bobomurodovaning tayyorlagan maʼruzasi tinglandi, SamDTU farmakologiya kafedrasi xodimlari R.R.Arslonova va X.X.Rustamovalar tomonidan toʻldirildi. Mavzuni muhokamasida savol javoblar va mulohazalar bildirildi, ushbu dolzarb mavzu va unda keltirilgan muammolar yechimi haqidagi turli fikrlar chuqur taassurot qoldirdi.

  SamDTU farmakologiya kafedrasi Siyob jamoat salomatligi texnikumida muntazam ravishda mahorat darslari va oʻquv seminarlar tashkil qilish boʻyicha kelishib olindi.



SamDTU matbuot xizmati