Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU xodimlari Koreyada shoshilinch tibbiy yordam boʻyicha seminar treninglarda ishtirok etdilar

  Koreya Respublikasi Xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi (KOFIH) bilan hamkorlik memorandumiga muvofiq, Samarqand davlat tibbiyot universitetini anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot kafedrasi assistenti Joniyev Sanjar va 3-son ichki kasalliklar kafedrasi tayanch doktoranti Gʻulomov Jaxongir, 2023-yil 22-maydan 3-iyungacha Koreya respublikasida shoshilinch tibbiy yordam boʻyicha seminar treninglarda ishtirok etdilar.

  Tashrif davomida SamDTU xodimlari Ajou Universitetining Travma markazi va shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, Koreya Milliy Tibbiyot Markazining markaziy shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, Seul Milliy Universitetining Bundang hospitalda tez va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha yangi davolash usullari va zamonaviy tibbiy asbob uskunalar bilan tanishildi. Shuningdek, Koreya respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli Guendogi-do milliy xavfsizlik markazi, Incheon yongʻinga qarshi kurashish markazing 119-tez tibbiy yordam va sanitar aviatsiya boʻlimlariga xam tashrif buyurilib favqulodda vaziyatlarda yordam koʻrsatish taktikalari bilan tanishtirildi.

  Seminar-trening yakunida barcha ishtirokchilarga Xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi (KOFIH) tomonidan xalqaro sertifikat va guvohnoma taqdim etildi.



SamDTU matbuot xizmati