Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​VolgDTU (RF) vakillarining tashrifi amalga oshirildi

  3-4-iyun OʻzbekistonRossiya sogʻliqni saqlash forumi doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Volgograd davlat tibbiyot universitetini (RF) chet ellik talabalar va xalqaro faoliyat boʻyicha prorektori Dmitriy Mixalchenko tashrif buyurdi.

  Tashrif doirasida SamDTU va VolgDTU taʼlim va ilmiy sohalarda hamkorlikda erishilgan natijalar, amalga oshirilgan ilmiy loyihalar, oʻqituvchilar va talabalarni akademik mobillik dasturlaridagi ishtiroki masalalari muhokama qilindi. Shu bilan bir qatorda ikkala tomon hali inobatga olinmagan hamkorlik yoʻnalishlari mavjud ekanligini taʼkidlab, keng qamrovli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib oldilar..

  Uchrashuv yakunida mehmonga Universitet ramzi tushirilgan esdalik sovgʻalar berildi.





SamDTU matbuot xizmati