×
Menu
Close Menu

​“Biologiya va parazitologiyani dolzarb masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

  2-3 iyun 2023 yili, qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, uning huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojik davlat tibbiyot universiteti (Dushanbe, Tojikiston) hamkorligidaBiologiya va parazitologiyani dolzarb masalalarimavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tekshirish institutini 100-yillik yubileyiga bagʻishlandi.

  Mazkur konferensiya maqsadi umumbashariy muammo boʻlgan yuqumli va parazitar kasalliklar bilan kurashishga bagʻishlandi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, har yili yer yuzida yurak-qon tomir kasalliklaridan 10 million odam vafot etsa, 17 milliondan ziyod odamlar yuqumli va parazitar kasalliklardan vafot etadi.

  Anjuman ishida 10 ortiq davlatlar. Shu jumladan Koreya Respublikasi, Eron, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya, Qirgʻiziston, Tojikiston va mamlakatimiz tibbiyot oligohlari va ilmiy-tekshirish markazlarini mutaxassislari ishtirok etdilar.

  L.M Isaev nomidagi ilmiy-tekshirish instituti 1923 yilda Samarqand shahrida tashkil etilgan boʻlib respublikamiz va Markaziy Osiyo mintaqasida yuqumli va parazitar kasalliklarni davolashda salmoqli hissa qoʻshgan muassasa hisoblanadi. Uning asoschisimashhur doktor va shifokor, Davlat mukofoti laureati, Oʻzbekistonda xizmat qilgan fan arbobi, professor L.M. Isaev (1886-1964). Institut faoliyatining dastlabki kunlaridanoq parazitar va tropik kasalliklarni chuqur va har tomonlama oʻrganish, bezgak, rishta va boshqa kasalliklarga qarshi ilmiy, tashkiliy va uslubiy kurash olib bordi. Bugungi kunga kelib, mazkur mashhur markaz tomonidan toʻplangan tajriba, ishlab chiqilgan tamoyillar va yondashuvlardan dunyo sogʻliqni saqlashida keng qoʻllanib kelinmoqda.

  Xalqaro anjuman ishtirokchilari parazitar kasalliklar diagnostikasi, davolash va oldini olishda yangi yondashuvlar, virusli infeksiyalarni davolashni zamonaviy usullari, yuqumli kasalliklarning dolzarb muammolari, Covid-19 va OITS infeksiyasi, yuqumli kasalliklarning klinik jihatlari, diagnostikasi, davolash va oldini olish, veterinariya parazitologiyasi kabi yoʻnalishlar doirasida oʻz ilmiy taqdimotlari bilan chiqishlar va keng muhokamalar qildilar.

  Anjuman arafasida bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori hamda L.M.Isaev nomidagi Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti direktori tomonidan Oʻzbekistonda parazitar kasalliklar muammolari va ularga qarshi kurashish tarixiga bagʻishlangan ilmiy-ommabop nashr chop etildi. Mazkur asar sogʻliqni saqlash tashkilotchilari, epidemiologlar, parazitologlar, infeksionistlar, pediatrlar, oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari va talabalari va barcha mazkur masalalar bilan qiziqadigan keng aholi doirasi uchun moʻljallangan.




SamDTU matbuot xizmati