Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Rossiya oliy oʻquv yurtlari delegatsiyalari SamDTU tashrif buyurishdi

  2-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Rossiya Federatsiyasining bir qator oliy tibbiyot taʼlim muassasalari vakillari tashrif buyurishdi. Delegatsiya aʼzolari 3-4-iyun kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston-Rossiya xalqaro sogʻliqni saqlash forumida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.

  Oʻtkazilgan muzokaralar davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur RizayevUral davlat tibbiyot universiteti, Boshqird davlat tibbiyot universiteti va Belgorod milliy tadqiqot instituti vakillari bilan mavjud hamkorlikning shakllari, erishilgan yutuqlari muhokama qilindi. Shuningdek, akademik mobillik, aspirantura va doktorantura orqali kadrlar tayyorlash, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelgusidagi qoʻshma loyihalarning uzoq muddatli rejalari haqida ham kelishib olindi.

  Delegatsiyalar universitetning yangi binosida oʻquv jarayonni tashkil etilishi va yaratilgan sharoitlar bilan tanishish imkoniga ega boʻldi.



SamDTU matbuot xizmati