30-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Terrorizm va ekstremizm, kiberjinoyatlar, boshqa jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash va oldini olish” mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatida Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi A.Doniyev, Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi tergov boshqarmasi terrorizm bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi boshligʻi O.Axmadov, Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi xodimi S.Sobirov, universitet yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha rektor maslahatchisi E.Aripov, ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri dos.A.N.Maxmudova, profilaktika inspektori O.X.Eshmurotov hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar jinoyatchilik, huquqbuzarliklar va terrorizmga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, kiberjinoyatlar mazmun mohiyati va ulardan saqlanish kabi mavzularda maʼlumotlar berildi, mavzularga oid foto va videolavhalar namoyish etildi. Chiqish qilgan mehmonlar talaba yoshlarni ijtimoiy hayotda faol, yaxshi oʻqishga va kelajakda raqobatbardosh malakali mutaxassis boʻlishga chaqirdilar.
Tadbir ishtirokchilari barcha berilgan savollariga atroflicha javoblarni oldilar.
SamDTU matbuot xizmati