Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Astma va allergiya: innovatsiyalardan amaliyotgacha” Xalqaro ilmiy-amaliy seminari

  2023-yil 29-may kuniButunjahon astma va allergiyaga qarshi kurash kuni arafasida, Samarqand davlat tibbiyot universitetidaAstma va allergiya: innovatsiyalardan amaliyotganomli Xalqaro ilmiy-amaliy seminari boʻlib oʻtdi. Tadbir SamDTU 1-sonli ichki kasalliklar hamda ftiziatriya va pulmonologiya kafedralari tomonidan tashkil etildi.

  Xalqaro seminarda, Xalqaro molekulyar allergologiya markazi bilan hamkorlikda allergologiya va immunologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar taklif etildi, shu jumladanElla Churikina (Rostov-na-Donu, Rossiya Federatsiyasi), Qimbatkul Osmonboeva (Qorakoʻl, Qirgʻiziston Respublikasi), Gulnora Djambekova (Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi).

  Ochilish marosimida SamDTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, 1-son ichki kasalliklar kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Shuhrat Ziyadullaev kirish soʻzi bilan chiqish qilib seminar dolzarbligi va ahamiyatini taʼkidlab oʻtdi.

  Seminarda allergik kasalliklar patogenezi asoslari, astma va allergiyaning turli shakllarini diagnostika qilish, oldini olish va davolash boʻyicha tavsiyalar muhokama qilindi, shuningdek, sohaga oid innovatsiyalarni amaliy sogʻliqni saqlash sohalariga joriy etish boʻyicha mutaxassislar oʻrtasida keng tajriba almashish amalga oshirildi.


SamDTU matbuot xizmati