Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUda talabalar va yosh olimlar anʼanaviy 77-Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

  19-20 may kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti «Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari» talabalar va yosh olimlarni anʼanaviy 77-chi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida Turkiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Qozog‘iston, Ukraina, Belorussiya, Pokiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekistonning 52 dan ortiq tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlarini talabalari va yosh tadqiqotchilariga mezbonlik qildi.

  Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini tantanali ochilish marosimida o‘zlarini qutlov so‘zlarini yo‘llagan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori Botir Daminov, akad.I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti rektori Sergey Bagnenko (Sankt-Peterburg, Rossiya), I.Kant nomidagi Baltika federal universiteti rektori Aleksandr Fedorov (Kaliningrad, Rossiya), Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojik davlat tibbiyot universiteti rektori Maxmadshox Gulzoda (Dushanbe, Tojikiston), Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti rektori Nikolay Karyakin (Nijniy Novgorod, Rossiya) va boshqalar, anjuman dolzarbligini, talabalar va yosh izlanuvchilar faoliyatga ko‘maklashish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishda oliy taʼlim muassasalari faoliyatini taʼkidladilar hamda barcha ishtirokchilarga omadlar va zafarlar tiladilar.

  Xalqaro konferensiyaning plenar yig‘ilishidan so‘ng uning asosiy ishi 17 ta Shoʻbalar yiligilishida davom ettirildi, talabalar va yosh tadqiqotchilar tomonidan 550 dan ortiq ilmiy taqdimotlar qilindi. Yosh izlanuvchilarni maʼruzalarida jamoat salomatligi, tibbiyotda gumanitar fanlar, fundamental tibbiyot va morfologiya, ichki kasalliklar, kardiologiya, nevrologiya, psixiatriya, sport tibbiyoti va reabilitatsiya, pediatriya, akusherlik-ginekologiya va reproduktiv tibbiyot, xirurgiya va urologiya, bolalar xirurgiyasi, neyroxirurgiya, onkologiya, travmatologiya, stomatologiya, otorinolaringologiya va oftalmologiya kabi tibbiyot yo'nalishlarining dolzarb masalalari yoritildi.  Sho'balarda, ayniqsa, zamonaviy tibbiyotda axborot texnologiyalarni joriy qilish, joylarda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, jahon fundamental tibbiyot yutuqlarini amaliy sog‘liqni saqlashga joriy qilish va tibbiyot sohalarida Start-up loyihalar kabi ilmiy taqdimotlar alohida o‘rin egalladi va namunali ilmiy tadqiqotlarni mualliflari g‘oliblik va nominatsiya diplomlari bilan taqdirlandilar.Konferensiya ishtirokchilarini mingdan ziyod ilmiy ishlari alohida to‘plam sifatida chop qilindi.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tgan «Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari» talabalar va yosh olimlar anʼanaviy 77- Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi talabalar va yosh olimlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, ularning salohiyati va ilmiy yutuqlaridan samarali foydalanish, fundamental va klinik fanlar o‘qitish sifatini yanada oshirish, mamlakatimizda tibbiyot sohalarini rifojlantirish hamda oliygohlarni xalqaro hamkorligini rivoj toptirishga xizmat qiladi.





SamDTU matbuot xizmati