×
Menu
Close Menu

​“Ilmli ayol — jamiyat koʻzgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar Festivali

 12 may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi  hamkorligida “Ilmli ayol — jamiyat koʻzgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar Festivali boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda  respublika  OTM  xotin  qizlar  masalalari  boʻyicha  rektor  maslahatchilari, Samarqand viloyati  OTM olima ayollari,  shu jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti xotin qizlari,  olimalari ishtirok etdilar.

  Festivalda  Oʻzbekiston  Respublikasi  senati  raisi  T.K.Norbaeva online tarsda  festival  ishtirokchilariga tabrig,  fikrlari hamda  murojaati  video  xabar  orqali yetkazildi. Maʼruzachilar    tomonidan  mamlakatimizda  Uchinchi Renessans davrida xotin  qizlarni  kullab  quvvatlash  borasida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar,  olima ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xotin qizlarning  jamiyatda  va  ilm-fan  taraqqiyotidagi  faolligini oshirish masalalari, hadislarda ayollarga munosabatning ifodalanishi, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonliklarning kelib chiqish sabablari hamda  ularning  oldini olish mexanizmlari kabi masalalar toʻgʻrisida batafsil  toʻxtalib o'tilib,  tahliliy  maʼlumotlar  asosida  fikrlar   bildirildi.

  Shuningdek, festival doirasida milliy liboslar podiumi, konsert dasturi va ishtirokchilar oʻrtasida “Velo Lady ”  sport  musobaqasi  oʻtkazildi.



SamDTU matbuot xizmati