×
Menu
Close Menu

​SamDTU talabalari - QozMTU (Olmaota, Qozogʻiston) farmakologiya boʻyicha xalqaro olimpiada gʻoliblari

  Olmaota (Qozogʻiston Respublikasi) shahridagi Qozogʻiston Milliy Tibbiyot Universitetida (KazMTU) tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasidaFarmakologiyafanidan xalqaro olimpiada boʻlib oʻtdi. Fan olimpiadasida Hindiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlardan onlayn va oflayn rejimda 3000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetidan Xalqaro Olimpiadada tibbiyot va stomatologiya fakulteti 3-kurs talabalaridan tashkil topganMedHub Teamjamoasi ishtirok etdi.

  SamDTU talabalari jamoasi, 20 ta jamoa bilan jiddiy raqobatda, yuqori nazariy va amaliy bilim va koʻnikmalarni namoyish etdi, shuningdek Olimpiala hayʼati jamoamizni ingliz tilidagi tibbiy terminologiyani mukammal bilishini alohida taʼkidladi. Xalqaro olimpiada natijalariga koʻra talabalarimiz: A. Rustamov (jamoa sardori, davolash fakulteti, 331 g.), R. Mamatqulova (davolash fakulteti, 331 g.), M. Abduxalilov (davolash fakulteti, 332 g.) , Sh.Nasriddinova (davolash fakulteti, 332 g.), N.Normurodov (stomatologiya fakulteti, 316 g.) SamDTUFarmakologiyakafedrasi mudiri, dotsent S.J.Yoʻldashev rahbarligida faxrli I-oʻringa sazovor boʻldi. .

  Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalarimizni va ularning ustozlarini tabriklaymiz va xalqaro tanlovlarda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!



SamDTU matbuot xizmati