Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar va Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi oʻtkazilmoqda.
Joriy yilning 13-aprel kuni Xorazm viloyat musiqali drama teatrida tanlovning 3-mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtdi. Tanlovda Navoiy davlat pedagogika instituti, Nukus konchilik instituti hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining talabalar teatr studiyalari oʻzaro bellashdilar. Shuningdek, tanlovda Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mehmon jamoa sifatida ishtirok etdi.
Tanlov natijasiga koʻra Samarqand davlat tibbiyot universitetining “Abu Ali ibn Sino izdoshlari” jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan Tunjar Jujanning “Koʻchki” dramasi hakamlar hayʼati tomonidan 1-oʻringa loyiq deb topildi va tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Universitetimiz teatr truppasini yorqin gʻalaba bilan tabriklab, tanlovning final bosqichida omad tilab qolamiz!
SamDTU matbuot xizmati