×
Menu
Close Menu

​SamDTUda “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki!” targʻibot uchrashuvi boʻlib oʻtdi

  19 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki!” shiori ostida targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Tantanali tadbirda SamDTU rahbariyati, professor-oʻqituvchilar va talabalari, viloyat va Samarqand shahridagi davlat va jamoat tashkilot vakillari ishtirok etdi.

  Tadbir ochilishida universitetni Yoshlar masalalari va maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor E.Tangirov soʻzga chiqib, yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar haqida soʻz yuritdi va yangi Konstitutsiyaning qonun loyihasi uchun oʻtkaziladigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

  Uchrashuvda ishtirok etgan Oʻzbekiston tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasidan Samarqand shahar Kengashiga saylangan deputat Fazliddin Gʻaybullayev, OʻzLiDep faxriylar Kengashi raisi Ilhom Muxtorov, Kengash aʼzosi Axmadjon Ibodovlar oʻz chiqishlarida referendum haqida maʼlumotlar berib, uning saylovlardan farqi va ahamiyati, Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangi oʻzgarishlar ijtimoiy sohalarni qamrab olgan va xalq manfaatlarini aks ettirgan loyihalar ekanini taʼkidlab oʻtdilar.

  Tadbir soʻngida konsert dasturi namoyish etilib, yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashildi.




SamDTU matbuot xizmati