Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitetda “Tibbiyot amaliyotida tibbiy reabilitatsiyaning xususiy masalalari” xalqaro maktabi bo‘lib o‘tdi

  27 mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Tibbiyot amaliyotida tibbiy reabilitatsiyaning xususiy masalalari” jismoniy va reabilitatsiya xalqaro tibbiyot maktabi bo‘lib o‘tdi. Maktab ishi gibrid, onlayn va oflayn shaklda o'tkazildi.

  Xalqaro maktab doirasida reabilitatsiya tibbiyoti sohasidagi taniqli mutaxassislarning bir mahorat darsi shaklidagi ma’ruzalari, shu jumladan -“Son mushaklarining travmatik jarohatlari – reabilitatsiyani amaliyotda qanday samaraliroq o‘tkazish kerak?” (Boris Polyaev, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligining sport tibbiyoti bo'yicha bosh mutaxassisi, Evropa Olimpiya qo'mitalari fan va tibbiyot komissiyasi a'zosi, RASMIRBI prezidenti, FIMS va EFSMA Ijroiya qo'mitalari a'zosi; Pavel Efimov, N.I.Pirogov nomidagi Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti reabilitatsiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasi assistenti (Moskva, RF), “Insultdan keyingi reabilitatsiya. Davrlashtirishni belgilash, umumiy farmakologik ta'minot imkoniyatlari” (Elena Dyakonova, tibbiyot fanlari doktori, “Ivanovo davlat tibbiyot akademiyasi professori, Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligining nevrologiya bo'yicha eksperti (Ivanovo, RF), “Postinsult reabilitatsiyasida innovatsion texnologiyalar” (Albert Shakarov, tibbiyot fanlari nomzodi, “IFIOVA” MChJ “DiAS” ta'lim texnologiyalari markazi katta ilmiy xodimi (Nijniy Novgorod, RF) o‘tkazildi.

  Ma’ruzalardan so‘ng chiqishlar muhokamasi hamda “KORVIT” kompaniyasining reabilitatsiya uskunalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

  Xalqaro jismoniy va reabilitatsiya tibbiyot maktabi yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim qilindi.



SamDTU matbuot xizmati