Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUda umumxalq xayriya hashari

 18-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida bahor va tabiatning yangilanishi — Navroʻz bayrami munosabati bilan umumxalq xayriya hashari oʻtkazildi.

  SamDTU professor-oʻqituvchilari va xodimlari faol ishtirok etgan hasharda oʻquv binolar, talabalar yotoqxonalari, 1 va 2 klinikalar hududlari ariq va zovurlari, oʻquv xonalarini sanitariya tozalash, daraxtlarni zararkunandalardan himoya qilish, shuningdek, yangi koʻchatlarni ekish va boshqa obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi.






SamDTU matbuot xizmati