Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetini Litva oliygohi bilan hamkorligi oʻrnatildi

  28-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Litva sogʻliqni saqlash fanlari universitetidan Xalqaro aloqalar va oʻquv markazining xalqaro dasturlar koordinatori Aušra Dapkevičienė, Xalqaro aloqalar va oʻquv markazining psixologi Jevgeniy Razgukinlar tashrif buyurdilar.

  Mehmonlarni kutib olish va muzokaralar jarayonida SamDTU rektori Jasur Rizayev, universitetning xalqaro aloqalar prorektori Zafar Aminov qatnashdi. Tashrif davomida ikkala oliy taʼlim muassasalarining faoliyati boʻyicha taqdimotlar oʻtkazilib, oʻzaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlik masalalari boʻyicha maʼlumotlar almashindi. Kelgusida Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Litva sogʻliqni saqlash fanlari universiteti va oʻrtasida qoʻshma grantlar, ilmiy ishlarni amaliyotga oshirish boʻyicha DSc, PhD va yosh olimlaring ilmiy ishlanmalarini amaliyotga tatbiq qilish, akademik mobillik doirasida amaliyotni oʻtash hamda talabalarning yozgi lagerlari tashkil qilish boʻyicha memorandumini imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi.

  Shuningdek mehmonlar universitetining yangi binosidagi zamonaviy eng soʻngi rusumdagi tibbiyot jihozlar bilan taʼminlangan oʻquv laboratoriyalar, amaliyot xonalari, axborot resurs markazi tanishib, oliygoh faoliyatini yuqori baholadilar.

  Maʼlumot oʻrnida, Litva sogʻliqni saqlash fanlari universiteti (LSMU, Lietuvos sveikatos mokslų universitetas) Litvadagi eng yaxshi va eng yirik tibbiyot fanlari oliy oʻquv yurtlaridan biri boʻlib, 100-yillik ilmiy tajribaga boʻlmish universiteti hisoblandi. Biotibbiyot fanlari boʻyicha eng yirik oliy taʼlim muassasasi sifatida tadqiqotlar, tadqiqotlar va klinik amaliyotni muvaffaqiyatli birlashtiradi. LSMU ikkita asosiy akademiyadan iborat: tibbiyot Akademiyasi va veterinariya Akademiyasi.









SamDTU matbuot xizmati