Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​«Bobur kabi seving Vatanni» tantanali tadbiri oʻtkazildi

  Ulugʻ bobomiz xotirasini yod etish maqsadida 14-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Bobur kabi sevging Vatanni” shiori ostida tantanali tashkil etildi.

  Tadbirda Milliy tiklanish partiyasi Samarqand viloyati kengashi rasi A.A.Akbarov, tibbiy pedagogika, OHI va xalq tabobati fakulteti dekani F.A.Daminov, xotin-qizlar bo'yicha rektor maslahatchisi G.I.Xudayberdiyeva, ma'naviyat bo'limi vakillari, ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

  Tadbir davomida talabalar tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub she'r, ruboiy va gʻazallar oʻqildi. Boburning dunyo ilm ma'rifatiga qoʻshgan hissasi alohida tilga olinib, hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar ulashildi. Talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan Bobur Mirzo obrazlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

  Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur oʻz ijodi va hayoti bilan bugungi kun kishilariga yuksak ibrat va namuna sifatida yod etiladi.




SamDTU matbuot xizmati