×
Menu
Close Menu

​SamDTUda “DEKAN KUBOGI” bahslariga start berildi

  Sport insonni ham jismonan ham ruhan sogʻlom boʻlishini taʼminlovchi muhim omildir. Zero, sport — sogʻlik garovi. Sogʻlom turmush tarzini hamda sportni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida kuni kecha Samarqand davlat tibbiyot universitetida mini futbol boʻyicha “DEKAN KUBOGI” bellashuviga start berildi.

  “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostidagi mini futbol musobaqalari yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Eldor Tangirov, Pediatriya fakulteti dekani Sanjar Karabayev boshchiligida tashkil etildi. Shuningdek musobaqada dekan oʻrin bosarlari, tyuterlar va sportga qiziqishi bor talabalar qatnashdi.

  Maʼlumot uchun bellashuvlarda jami 16 ta jamoa ishtirok etmoqda.

  Bellashuvlar 15-fevral sanasiga qadar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.



SamDTU matbuot xizmati